Rossiyaning Noyabrsk shahrida ortida yong‘in bo‘layotganda arg‘imchoqda xotirjam uchgan bolaning videosi internetda tarqalib ketdi. Ikki kun ichida rolikni ijtimoiy tarmoqlarda 170 ming kishi ko‘rdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Internet foydalanuvchilari bo‘layotgan voqeaga bolaning javobini ko‘rib hayratga tushdi. Ba’zilar esa buni butunlay befarqlikka yo‘ydi.
“Bu xatto o‘ta xotirjamlik ham emas, bu dahshat, butunlay hissizlik”, — deya yozadi foydalanuvchilardan biri.
Bundan tashqari, ayrim foydalanuvchilar bu voqeani bolani uchuvchi kasbiga sinov-imtihon topshirig‘i, boshqalari esa Davlat Dumasining deputati bo‘lishiga sinov deb taxmin qilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, yong‘indan hech kim zarar ko‘rmagan. Yongan uyni anchadan beri hech kim yashamaydi, yaqinidagi uylarga esa vaqtida qutqaruv choralari ko‘rilgan.
Izoh (0)