18-may kuni Samarqand viloyati Toyloq tumanida yashovchi 1986-yilda tug‘ilgan erkak o‘zini o‘ldirishga urindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmatiga tayanib, “Repost.uz” xabar berdi.

Foto: “Vitalik.kz”

Erkak o‘zining ustiga benzin quyib, yoqib yuborgan. Yaqin qarindoshlari unga birinchi yordamni ko‘rsatishga ulgurib qolgan va 33 yoshli fuqaroni Respublika shoshilinch yordam ilmiy-tadqiqot markazi Samarqand filialiga olib borgan.

Ko‘rsatilgan tezkor tibbiy yordamga qaramasdan erkak 19-may kuni vafot etgan. Shifokorlarning xulosasiga ko‘ra, marhum 80 foiz termik kuyish, eng yuqori darajadagi kuyish, shuningdek, termoingalasion jarohat oqibatida halok bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasida Jinoyat kodeksining 103-moddasi (O‘zini o‘ldirish darajasiga yetkazish) bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan. Toyloq tuman prokuraturasi tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda.