Pokistonning Kvetta shahridagi masjid portlashi oqibatida 25 kishi jarohatlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Portlash 24-may kuni 30—40 kishi masjidda namoz o‘qiyotgan payti sodir etilgan. Voqea joyida ikki kishi halok bo‘lgan.
Kasalxonaga 2 kishining jasadi va 25 nafar jarohatlanganlar keltirilgan. Jabr ko‘rganlar travmatologiya bo‘limida davolanmoqda.
Radio Pakistan’ning xabariga ko‘ra, portlash noma’lum shaxslar tomonidan minbarnign orqasiga qo‘yib ketilgan qo‘lbola bomba faollashuvi natijasida kelib chiqqan.
Portlash shu qadar kuchli bo‘lganki, yon-atrofdagi binolarning derazasini ham sindirgan. Hozircha Pokistonda faoliyat ko‘rsatadigan birorta ham terrorchi gruh voqea uchun javobgarlikni bo‘yniga olmagan.
Izoh (0)