“Chelsi” sobiq bosh murabbiyi Antonio Konte o‘tgan yilgi iste’fosi bo‘yicha sudda yutib chiqdi. Bu haqda The Times xabar berdi.
London klubi italiyalik mutaxassisga 9 million funt miqdorida tovon puli to‘laydigan bo‘ldi.
Har ikkala tomon ham sud qarorini qabul qildi, u uch kishilik guruh tomonidan qabul qilindi. “Aristokratlar” ushbu qarordan norozi emas.
Shunday qilib 2003-yildan buyon, klub Roman Abramovich tomonidan sotib olinganidan so‘ng “Chelsi” iste’foga chiqarilgan murabbiylar uchun qariyb 90 million funt sarfladi.
Konte londonliklarga 2016-yildan 2018-yilga qadar murabbiylik qildi va shartnoma muddati tugashiga bir yil qolganda ishdan bo‘shatildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)