Amerikaliklarning yarmidan ko‘pi butun dunyoda ishlatiladigan o‘nlik sanoq sistemasi bo‘lmish arab raqamlari maktabda o‘rgatilishi kerak emas degan fikrda. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
AQShda o‘takzilgan ijtimoiy so‘rovlar natijasida 56% respondent arab raqamlari maktabda o‘rgatilmasligi kerak deb hisoblashiga butun “arab” dunyosiga bo‘lgan munosabati sabab bo‘lgan.
Xabarda aytilishicha, so‘rov davomida fuqarolarga arab raqami aslida nima ekani tushuntirilmagan. Odatda 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8 va 9 belgilari arab raqamlari deb ataladi. Ular hind matematiklari tominidan ishlab chiqilgan va arab olimlari tomonidan keng targ‘ib qilingan.
Yana 29% respondent esa arab raqamlari maktabda o‘qitilishi kerak deb hisoblagan, 15% aholi esa javob berishga qiynalgan.
Respondentlarning javobi partiyaviy bo‘linishga ko‘ra sezilarli farq qilishi mumkin: Respublikachilar partiyasining 72 foizi arab raqamiga qarshi, demokratlar orasida esa 40 foizigina shunday javob berdi. Shu bilan birga, ushbu ikki guruhning ta’lim darajasida sezilarli farq yo‘q.
Izoh (0)