18-may, shanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 9-turi doirasida 2 ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Navoiyning “Qizilqum” jamoasi o‘z maydonida Termizning “Surxon” klubini qabul qiladi. Eslatib o‘tamiz, navoiyliklar avvalgi turda “Nasaf” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan bo‘lsa, termizliklar “Buxoro”ni mag‘lubiyatga uchratgandi (1:0).
Shu kuni Ro‘ziqul Berdiyev boshqaruvidagi Qarshining “Nasaf” klubi Qo‘qonning “Qo‘qon-1912” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ikkala bellashuv ham soat 20:00 da start oladi.
Ma’lumot uchun, qarshiliklar 11 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 8-o‘rinda bormoqda. Qo‘qonliklar esa 6 ochko bilan so‘nggi pog‘onadan joy olgan.
Superliga
9-tur bahslari
18-may, shanba
“Qizilqum”—“Surxon” 20:00
“Nasaf”—“Qo‘qon-1912” 20:00
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)