Ruminiyaning olis o‘rmon hududlaridan biri bo‘lgan Buzeu okrugida bortida biznesmenlar bo‘lgan yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.
Dastlabki ma‘lumotlarga ko‘ra, Kluj aeroportida ro‘yxatdan o‘tgan samolyot Brashov shahri aeroportidan Qora dengiz bo‘yidagi Konstansa shahri tomonga yo‘l olgan. Samolyot qulashi oqibatida ikki biznesmen halok bo‘lgan.
Halokat sabablari hali ham noma’lum. Ammo qutqaruvchilarning aytishicha, uchish uchun ob-havo sharoiti juda yomon bo‘lgan, ushbu hududda kuchli yomg‘ir quygan va qattiq shamol esgan.
Izoh (0)