Xorazm viloyatining Shovot tumanida rashk ortidan qotillik yuz berdi, deb xabar berdi Bosh prokuratura matbuot xizmati.
13-may kuni soat 13:00 larda Shovot tumani “Arbek” mahallasida yashovchi 1973-yilda tug‘ilgan fuqaro M.O turmush o‘rtog‘i 1978-yilda tug‘ilgan F.Eni rashk qilib, janjal boshlaydi.
M.O janjal oqibatida oshxona pichog‘i bilan turmush o‘rtog‘ining bo‘yin qismiga jarohat yetkazgan, oqibatda F.E voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan shu kunning o‘zida tuman prokuraturasi tomonidan M.Oga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
M.O tegishli protsessual tartibda ushlangan.
Izoh (0)