Toshkent davlat agrar universiteti delegatsiyasi Koreya Respublikasining Konkuk universiteti rahbariyati bilan uchrashdi va ikki tomonlama ilmiy-akademik faoliyatni kengaytirish borasida “Yo‘l xarita”si imzolandi, bu haqda “Xalq so‘zi” xabar qiladi.
Unga ko‘ra, KOICA dasturi doirasida Toshkent davlat agrar universitetida “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va sifatini aniqlash” zamonaviy laboratoriyasi barpo etish bo‘yicha kelishib olindi.
Uchrashuvda qishloq xo‘jaligi uchun kadrlarni tayyorlashda ikkita universitet o‘rtasida hamkorlikni samarali yo‘lga qo‘yilganligi uchun Toshkent davlat agrar universiteti rektori B. Sulaymonov Konkuk universitetining faxriy professori unvoni bilan taqdirlandi.
Shuningdek, delegatsiya Chongnam milliy universitetida ham bo‘ldi.
Izoh (0)