10-maydan O‘zbekistondan eksport qilingan meva-sabzavot mahsulotlari to‘g‘risida Davlat bojxona qo‘mitasi rasmiy sayti orqali interaktiv ma’lumotlar taqdim etish yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qildi.
Endilikda tadbirkorlar ushbu havola orqali respublikaning qaysi hududidan, qaysi turdagi transport vositasida qaysi mamlakatlarga qancha miqdorda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qilinganini real vaqt oralig‘ida onlayn tarzida kuzatib borishlari mumkin.
Ushbu ma’lumotlar tadbirkorlarga eksportga yo‘naltirilgan meva-sabzavot mahsulotlarining turlari, hajmlari va yetishtirish hududlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish va tahlil qilish orqali kelgusidagi faoliyatlarini rejalashtirish imkonini beradi.
Izoh (0)