O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi, bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy Telegram-kanali ma’lumot beradi.
2020/2021-o‘quv yili qabulidan boshlab test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi ikki bo‘limga ajratiladi.
Birinchi bo‘limga barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan quyidagi uchta fan kiritiladi:
— ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili);— matematika;— O‘zbekiston tarixi.
Ikkinchi bo‘limga abituriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fan kiritiladi.
Izoh (0)