12-may, yakshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 8-turida 3 ta bellashuv bo‘lib o‘tadi.
Vadim Abramov qo‘l ostidagi Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi o‘z maydonida Qo‘qonning “Qo‘qon-1912” klubini sinovdan o‘tkazadi. Uchrashuv soat 17:15 da boshlanadi. Eslatib o‘tamiz, “qaldirg‘ochlar” avvalgi turda “Qizilqum”ga imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa (0:1), qo‘qonliklar “Lokomotiv” bilan durangga imzo chekkandi (2:2).
Shu kuni Termizning “Surxon” klubi Baxtiyor Ashurmatov boshliq “Buxoro”ga qarshi maydonga tushadi. Bellashuvga soat 17:30 da start beriladi. Ma’lumot uchun, “Surxon” 7-turda OKMKga mag‘lub bo‘lgandi (0:2). “Buxoro” esa “Nasaf”ga yutqazib qo‘ygandi (0:1).
Kunning so‘nggi bahsida Toshkentning “Lokomotiv” klubi “Metallurg” maydoniga safar qiladi. O‘yin soat 19:40 da boshlanishi belgilangan. Qayd etish joiz, “temiryo‘lchilar” 16 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. Bekobodliklar esa 10 ochko bilan 6-pog‘onadan joy olgan.
Superliga
8-tur bahslari
12-may, yakshanba
“Bunyodkor”—“Qo‘qon-1912” 17:15
“Surxon”—“Buxoro” 17:30
“Metallurg”—“Lokomotiv” 19:40
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)