Avtomobilga o‘tirganda xavfsizlik kamarini taqish muhim ahamiyatga ega. Va bu holat qonun bilan belgilangan. Ammo ba’zi bir sabablarga ko‘ra bir qator shaxslarga xavfsizlik kamari taqmaslikka ruxsat beriladi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanali ma’lumot beradi.
Quyidagi shaxslarga xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladi:
— avtomobilning orqa o‘rindig‘idagi 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
— transport vositasini o‘quvchi boshqarayotgan vaqtda avtomototransport vositasini yoki shahar elektr transportini boshqarishni o‘rgatuvchi amaliy mashg‘ulotlar instruktori;
— homilador ayollar, salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan bemor yo‘lovchilar;
— orqaga harakatni amalga oshirayotgan haydovchilar;
— aholi punktlarida harakatlanishda — yo‘nalishli taksi haydovchilari, taksining orqa o‘rindig‘idagi yo‘lovchilar;
— aholi punktlarida tashqi qismiga maxsus rangli grafik chizmalar chizilgan transport vositalari haydovchilari va yo‘lovchilari.
Izoh (0)