2019-yil 26-aprel kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yashovchi D.X., fuqaro A.X.ning uyi oldida unga yer maydonini 30 000 AQSh dollariga sotishini va nomiga rasmiylashtirib berishini aytib, aldov yo‘li bilan undan dastlabki to‘lov sifatida 5 000 AQSh dollarini olgan va va’dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qiladi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, D.X. qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)