“Zenit” muddatidan avval Rossiya chempioniga aylandi
Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi mavsum yakunlanishiga 3 tur qolganda muddatidan avval Rossiya chempioni bo‘ldi.
Musobaqa jadvalida 2-o‘rinda borayotgan “Lokomotiv Moskva” 27-turda Tulaning “Arsenal” klubiga mag‘lub bo‘ldi (0:2) va chempionlik uchun kurashdagi imkoniyatlarini yo‘qqa chiqardi.
Bu klub tarixidagi oltinchi, Rossiya tarixidagi beshinchi va 2015-yildan buyon ilk chempionligi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, “Zenit” 58 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida yetakchilik qilayotgan bo‘lsa, 2-o‘rinni egallab turgan “Lokomotiv” hisobida esa 49 ochko mavjud.
Ma’lumot uchun, piterliklar sovrinlar soni bo‘yicha Rossiya klublari orasida 3-o‘rinda bormoqda. Birinchi va ikkinchi o‘rinlarni “Spartak” (10 ta ) hamda SSKA (6 ta) klublari egallab turibdi. Eng yaqin ta’qibchisi “Lokomotiv” hisobida esa 3 ta chempionlik mavjud.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!