15—19-may kunlari Angliyaning Manchester shahrida bo‘lib o‘tadigan taekvondoning WTF yo‘nalishi bo‘yicha Jahon chempionatida qatnashadigan O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabar berdi.
150 dan ortiq davlatdan 1000 nafarga yaqin sportchi ishtirok etishi kutilayotgan jahon birinchiligida 11 nafar taekvondochi O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.
Mazkur musobaqada taekvondochilar nafaqat medallar, balki Tokio Olimpiadasi reyting ochkolari uchun ham bahs olib boradi.
Jahon chempionatida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ro‘yxati:
Erkaklar:
- -54 kg: Xegay Valentin
- -58 kg: Suxrob Bobobekov
- -74 kg: Nikita Rafalovich
- -80 kg: Shuhrat Salayev
- -87 kg: Maksim Rafalovich
- +87 kg: Dmitriy Shokin
Ayollar:
- -49 kg: Madina Mannopova
- -53 kg: Charos Qayumova
- -62 kg: Feruza Sodiqova
- -67 kg: Nigora Tursunqulova
- +73 kg: Svetlana Osipova
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)