Malayziyada maymunlar o‘t o‘chiruvchi mashinaga hujum qildi, oqibatda yo‘l halokati sodir bo‘ldi. Bu haqda mahalliy politsiya ma’lumotiga tayanib “Gazeta.ru” xabar qiladi.
Ta’kidlanishicha, mashina mamlakatning g‘arbiy qismida joylashgan Gerik shahriga ketayotgan bo‘lgan. To‘satdan, maymunlar mashinaga hujum qilgan, natijada dvigatel ishdan chiqib, mashina ag‘darilgan.
“Tekshiruvlarga ko‘ra, haydovchi maymunlarga chap berib qutilib ketishga uringan, ammo u tepalikdagi burilishda avtomobil boshqaruvini yo‘qotgan”, — deb ma’lumot berdi tuman politsiya boshlig‘i Sulta Ismail Che Isa.
Xabar qilinishicha, hodisa natijasida jarohatlangan besh nafar o‘t o‘chiruvchi kasalxonaga jo‘natilgan.
Izoh (0)