Markaziy Osiyo davlatlari orasida Tojikistonda pensiya miqdori eng past darajada — o‘rtacha 310 somoniyni (33 dollar) tashkil etadi. Bu haqda Asia Plus xabar bermoqda.
Bu pulga 1,5 qop un olish yoki qish mavsumi uchun elektr energiyasiga to‘lov qilish mumkin.
O‘zbekistonda mazkur ko‘rsatkich o‘rtacha 352 152 so‘m (42 dollar), Qirg‘izistonda 4817 som (69 dollar), Qozog‘istonda 101 446 tenge (267 dollar), Turkmanistonda esa 1050 manatga (300 dollar) teng.
Izoh (0)