Moskva shahri uchun bu yil g‘alaba kunini nishonlash 452 million rublga (qariyb 7 million dollar) tushadi, deb xabar berdi “RBK”.
Bayram tadbirlari, sovg‘alar va bayramga tayyorgarlik ko‘rish uchun 452 million rubllik davlat xaridlari amalga oshiriladi. 2018-yil ushbu bayram 615 million rubl, 2017-yilda esa 509 million dollarga tushgan.
Bayramdagi eng qimmat xarajat paradda ishtirok etadigan askarlarni tashuvchi transport xaridi hisoblanadi. Buning uchun ikki yilda 470 million rubl mablag‘ sarflanadi. Shundan 180 million dollari joriy yilda, qolgan 290 million rubli esa keying yilda sarflanadi. 2018-yilda bu xizmatlar 147 million rublga baholangan.
Bayramdagi qiymati bo‘yicha ikkinchi katta xarajat—(410,5 million rubl) bulutlarni tarqatish xizmati hisoblanadi. O‘tgan yili bu xarajat mamlakat hukumatiga 400,3 million rublga tushgan.
Summa ichiga nafaqat g‘alaba kuni, balki Rossiya kuni va shahar kunida yaxshi ob-havoni ta’minlab berish ham kiradi. G‘alaba kunida 10 ta samolyot bulutlarni tarqatadi. 2018-yilda ushbu vazifani 12 ta samolyot uddalagan edi.
Izoh (0)