UEFA tashkiloti Yevropa Chempionlar Ligasi yarim finalining dastlabki o‘yinlaridan so‘ng haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlarni ma’lum qildi.
Mazkur nomga quyidagi 4 nafar futbolchi da’vogarlik qilmoqda:
- Lionel Messi (“Barselona”) — 2 ta gol
- Luis Suares (“Barselona”) — 1 ta gol
- Donni van de Bek (“Ayaks”) — 1 ta gol
- Frenki de Yong (“Ayaks”) — 92% aniq pas berdi
Kataloniya klubi hujumchisi Luis Suares mersisaydliklar bilan bo‘lib o‘tgan bahsda bitta golga mualliflik qildi (3:0).
“Ayaks” yarim himoyachisi Donni van de Bek — “Tottenhem”ga qarshi o‘yinda yagona gol muallifi (1:0).
Amsterdam klubi xavbeki Frenki de Yong London klubi bilan kechgan uchrashuvda 92 foiz aniq pas berdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)