Toshkentda Turkiya Respublikasining Inson resurslari boshqarmasi ko‘magida 4-may kuni bitiruvchi va o‘quvchi talabalar uchun Turkiyaning yetakchi institutlari va tashkilotlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishish imkoniyatini beruvchi yarmarka bo‘lib o‘tadi, bu haqda O‘zA xabar qiladi.
Mazkur tadbirda axborot sessiyalari, intervyular va amaliy mashg‘ulotlar kabi 21 ta turli tadbirlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Yarmarkada Yunus Emro Instituti, Teknopark Istanbul, TIKA, TURKCELL kabi Turkiyaning yirik kompaniyalari va o‘quv muassasalari ishtirok etadi.
Tadbir Toshkent shahridagi Hyatt Regency mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)