IShID o‘z yetakchisi Abu Bakr Al-Bag‘dodiy aks etgan videoyozuvni tarqatdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Videoda Al-Bag‘dodiy safdoshlari bilan Suriyaning Baguz shahri uchun kechgan janglarni muhokama qilayotgani tasvirlangan.
Ma’lumot uchun, Baguz Suriyadagi IShID nazoratida qolgan so‘nggi shahar edi. Mart oyi oxirida ushbu manzil ham jangarilardan tozalangan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)