O‘zbekistonning Shanxaydagi bosh konsuli etib tayinlangan Aziz Masutov Toshkentdan Xitoyga jo‘nab ketdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
A.Masutov ilgari Tashqi ishlar vazirligining Sharqiy, Janubi-Sharqiy Osiyo va Okeaniya mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Izoh (0)