“Los-Anjeles Gelaksi” hujumchisi Zlatan Ibragimovich MLS musobaqasi doirasida “Real Solt Leyk”ga qarshi o‘yinda jamoasining g‘alaba golini urdi (2:1).
Bu 37 yoshli shvedning joriy mavsum 7 ta uchrashuvdagi 8-goli bo‘ldi. Zlatan ayni damda musobaqa to‘purarlari bahsida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Birinchi o‘rinni esa “Los-Anjeles” hujumchisi Karlos Vela 11 ta gol bilan egallab turibdi.
Bundan tashqari Zlatan bitta golli uzatma berdi.
Hujumchi “Gelaksi”dagi faoliyati davomida 34 ta uchrashuvda 30 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)