Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 35-turida “Barselona” hujumchisi Leo Messi “Levante” darvozasini ishg‘ol qildi (1:0).
31 yoshli hujumchi o‘yinning 46-daqiqasida Filippe Koutinyo o‘rniga zaxiradan maydonga tushdi va 62-daqiqaga kelib gol urdi.
Qayd etish joiz, Messi La Liga doirasidagi o‘yinlarda zaxiradan maydonga tushib, umumiy hisobda 24 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bu XXI asrdagi qolgan futbolchilarga nisbatan eng yaxshi natija hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi joriy mavsum La Ligada 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 34 ta gol urdi va 13 ta golli uzatma berdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)