Flotiliyaning yangi flagmani Sardiniya marvaridining zumrad sohillari sharafiga Costa Smeralda deb nomlangan, deya xabar beradi National Geographic.
Uning palubalariga Italiyaning ahamiyatli joylari sharafiga Palermodan Triyestagacha bo‘lgan nomlar berilgan. Kemada 6500 yo‘lovchiga 22 ta paluba, 2612 kayuta, shundan 28 tasi — lyuks, 106 kayuta terrasali, 1500 dan ortiq kayuta balkonli mavjud.Kayutalarning ichki qismi shaharlarning ranglari va geometrik motivlarini ifodalaydi. Laynerda CoDe Dizayn muzeyi ochilgan, uning mashhur italiyalik me’mor Matteo Vercheloni boshchiligida faoliyat yuritadi.
Costa Smeralda’ning yaratuvchilari g‘ururlanadigan narsa bu uning ekologik jihati hisoblanadi. Bu hozirgi kunda eng toza yoqilg‘i, tabiiy gazda ishlaydigan dunyodagi ilk kruiz layner. Costa Smeralda’ning dvigatellari deyarli dengiz va portdagi havo va suvni ifloslantirmaydi, shuningdek ular shovqin chiqarmaydi.
Layner yo‘nalishi O‘rta dengizning g‘arbiy qismi — Savona, Marsel, Barselona, Palma-de-Mayorka, Chivitavekkyu (Rim) va Spetsia orqali o‘tadi. Costa Smeralda 4-noyabr kuni o‘zining ilk safarini amalga oshiradi.
Izoh (0)