Rossiyaning “Tatneft” kompaniyasi Nurafshonda o‘z vakolatxonasini ochishni rejalashtirmoqda, bu haqda Sputnik xabar qiladi.
“Direktorlar kengashi Nurafshon shahrida (Toshkent viloyatning ma’muriy markazi) ochilishi rejalashtirilayotgan “Tatneft”ning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqdi”, — deb ta’kidladi kompaniya matbuot xizmati.
Avvalroq mahalliy ommaviy axborot vositalari “Tatneft”kompaniyasi O‘zbekistonda bahor oyida AYoQSh tarmog‘ini qurishni rejalashtirayotgani haqida xabar qilgan edi. Birinchi bosqichda Toshkent viloyatida 22 ta yoqilg‘i qo‘yish shoxobchalari qurilishi rejalashtirilgan. “Tatneft” Rossiyaning O‘zbekistondagi avtomobil yoqilg‘isini chakana sotuvchi uchinchi kompaniyasiga aylanishini mumkin.
“Tatneft” — Rossiya neft kompaniyasi hisoblanadi va 1950-yilda tashkil topgan. Kompaniya shtab-kvartirasi Almetevsk shahrida (Tatariston) joylashgan. Rossiyada neft qazib olish bo‘yicha beshinchi o‘rinda turadi.
Izoh (0)