Sergelida yangi qurilgan uylarni shahar markazi bilan bog‘lash maqsadida yangi avtobus yo‘nalishi ochildi, bu haqda O‘zA xabar qiladi.
“Toshshahyo‘lovchitrans” ma’lum qilishicha, 133A — “Yangi Sergeli mavzesi — “Olmazor” metro bekati” yo‘nalishi faoliyati joriy yilning 25-aprelidan yo‘lga qo‘yilmoqda. Ushbu yo‘nalishda avtobuslar 4 ta harakat jadvali asosida qariyb 7 kilometrlik qisqa masofa oralig‘ida qatnaydi.
Yangi avtobus yo‘nalishi joriy etishga sabab Toshkent shahrida yangi uy-joylarning qurilishi, shu asosda yangi mavze va aholi punktlarining bunyod etilayotgani jamoat transportiga talabning ortishiga sabab bo‘lgan.
Izoh (0)