Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 2—3-may kunlari Toshkentga keladi, deya xabar bermoqda “TASS” vazirlik rasmiy vakili Marya Zaxarovaga tayanib.
“2—3-may kunlari Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ishchi tashrif bilan Toshkentga boradi, — dedi u. — 2-may kuni TIV rahbari O‘zbekiston Prezidenti tomonidan qabul qilinadi, ushbu davlat tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar ham rejalashtirilgan”.
Muzokaralar chog‘ida Vladimir Putinning 2018-yil 18—19-oktabrdagi O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi muhokama qilinadi, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashiladi.
Bundan tashqari, Lavrov O‘zbekiston rahbariyati bilan Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solish istiqbollarini ham muhokama qiladi.
Izoh (0)