2019-yil 22-aprel kuni Navoiy shahridagi “Rongya” nomli qo‘shma korxona rahbari IIBga murojaat qilib, shu yilning 21-aprel kuni soat 08:00 dan 17:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs uning vaqtincha ijarada yashab kelayotgan uyiga kalit tanlash yo‘li bilan kirib, u yerdan 104 million so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qiladi.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent shahar Shayxontohur tumani O‘zgarish ko‘chasida ro‘yxatda turib, vaqtincha Navoiy shahar Lomonosov ko‘chasida yashovchi, yuqoridagi qo‘shma korxona tarjimoni, 23 yoshli K.A. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)