Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Rossiyaga tashrifi chog‘ida birinchi marta rus jurnalistiga intervyu berdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Kim Chen Inning aytishicha, Rossiyaga safari boshlanishidanoq unda iliq taassurot qoldirgan.
“Men Rossiyaga bizning xalqimizning iliq tuyg‘usi bilan keldim”, — dedi Kim Chen In jurnalist Pavel Zarubinga.
Avvalroq, Kim Chen In Vladivostokda 25-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvidan umidlari bilan bo‘lishgan edi.
Izoh (0)