Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovich mamlakatga qaytishni xohlayapti, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Bu haqda Ukraina sobiq rahbarining manfaatlarini ifodalovchi advokat Vitaliy Serdyuk ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yanukovich Ukrainadagi barcha ayblovlarni olib tashlashga erishmoqchi. U shuningdek, Yanukovichga qarshi qo‘yilgan ayblovlar siyosiy xususiyatga ega ekanligini qayd etgan.
Ammo, prezidentlikka nomzod Vladimir Zelenskiyning jamoasi Viktor Yanukovichning tabriklariga salbiy munosabat bildirgan.
Izoh (0)