Urgutda kecha kechki paytdan beri yarim million aholi chiroqsiz qolmoqda, deb yozadi “Zarnews”.
Qayd etilishicha, kecha, 23-aprel kuni kechki soat 21:00-22:00 larda kuzatilgan shamol va yomg‘ir Urgut tumanidagi qariyb yarim million aholini hozirgacha elektr energiyasiz qoldirayapti.
Urgut tuman ETK bosh injeneri kuchli shamol va yomg‘ir aksariyat podstansiyalarga, ayrim joylarda elektr uzatuv simlariga, simyog‘ochlarga zarar yetkazganini ma’lum qilgan.
“Uning so‘zlariga ko‘ra, muammoni bartaraf etish uchun muammo yuz bergan joylarga elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari jalb qilingan. Ammo, ertalabdan yog‘ib turgan yomg‘ir ularning ishini biroz qiyinlashtirayapti. Shunday bo‘lsa ham tuman ETK muammolarni tezda bartaraf etib aholiga elektr energiyasi uzatishni davom ettiradi, deb umid qilamiz”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)