SpaceX kompaniyasi test-maydonida Crew Dragon kosmik kemasi dvigateli sinovdan o‘tkazilayotgan paytda portlash yuz berdi, deb xabar berdi “Liga Novosti”.

Foto: Astronaut

Portlash esa kemaga qisman zarar yetkazdi.

Hodisa Floridadagi kosmodromning Landing Zone 1 maydonida yuz berdi.

Xavfsizlik texnikasiga rioya etilgani sababli jabrlanuvchilar va qurbonlar yo‘q.

Space X jamosi ushbu kema xalqaro kosmik stansiyaga muvaqqiyatli uchirilib, Yerga qaytganidan so‘ng uning parvoz vaqtida avariyaviy qutqaruvini sinab ko‘rish uchun tayyorlagan edi.