Telegram’da shaxsiy yozishmani ham o‘zida, ham suhbatdoshida o‘chirish funksiyasining kiritilishi ko‘pchilik foydalanuvchilar noroziligiga sabab bo‘ldi. Shu sababli ushbu messenjer asoschisi Pavel Durov so‘rovnoma o‘tkazishga qaror qildi, deb yozadi Spot.
Avval foydalanuvchilar so‘nggi 48 soat davomida yuborilgan xabarlarni o‘chira olardi. Bunda faqat o‘zi yuborgan xabarlarni o‘chirish mumkin edi. Endi esa foydalanuvchilar suhbatda yozilgan barcha xabarlarni jo‘natilgan vaqtiga qaramay, ikki tomondan ham o‘chirib yubora olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Ushbu funksiya bo‘yicha Pavel Durov tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomada 1,1 milliondan ortiq foydalanuvchi ishtirok etgan.
Ularning yarmidan ko‘pi (52 foizi) yangi funksiyadan norozi ekanini bildirib, uni bekor qilishga ovoz bergan.
Izoh (0)