Sakkiz nafar nigeriyalik erkak Sharja amirligida bankomat va ayriboshlash shoxobchalarida bir qator qurolli o‘g‘riliklarni amalga oshirgani uchun o‘lim jazosiga hukm qilindi, deya xabar beradi “Uaeinside.com”.
Uyushgan jinoiy guruh bankomatlarga pul yetkazib beradigan inkassator mashinalariga hujum qilgan. Jinoyatchilar ko‘cha va markazlarda odamlar ko‘p to‘planadigan paytlarda jinoiy haraktlarni amalga oshirgan. Soqchilar ularni kaltaklagan va pichoq bilan zarba bergan. Jinoyatchilarni videokuzatuv kameralaridan olingan yozuvlar aniqlagan.
BAA politsiyasi faqat 1,8 million dirhamni qaytarib olishga muvaffaq bo‘lgan.
Izoh (0)