Facebook’dagi “Xorazm va xorazmliklar” guruhida talaba qizning turmushga chiqarilishi bilan bog‘liq video tarqaldi, deya xabar bermoqda Kun.uz.

Videolavhaga shunday izoh berilgan:

“Urganch tibbiyot kolleji direktori Muborak opa Ahmedova savobli tashabbus ko‘rsatdi. Kollejda tahsil oluvchi chin yetim talaba qizni o‘z qiziday qilib uzatdi.

Shahar hokimligi boshchiligida, kollej ma’muriyati va mahalla faollari ishtirokida xalqqa osh berildi. Bunday savob ishlarni qilish har kimning ham qo‘lidan kelmaydi. Eng qizig‘i, qizni kollej binosidan yor-yor sadolari ostida, boshqa qizlar kuzatuvida uzatishdi. Kuyov-navkarlar ham kollejga keldi.

Muborak opani hamisha Alloh qo‘llasin. Xayrli ishlarga qo‘l uribsiz, savobidan bahramand bo‘lib yuring”.