20-aprel, shanba kuni Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati davom etmoqda.
Ayollar o‘rtasida -69 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Shahnoza Yunusova tojikistonlik bokschi Nilufar Boboyorovaga qarshi ringga ko‘tarildi.
3 raund davom etgan jangda Shahnoza raqibini ochkolar hisobiga mag‘lubiyatga uchratib, musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Avvalroq erkaklar o‘rtasida -49 kg vazn toifasi vakili Nodirjon Mirzaahmedov yaponiyalik raqibi Daichi Hasebe ustidan g‘alaba qozongan bo‘lsa, -60 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Shukurjon Rahimov ilk jangida shimoliy koreyalik Man Cho Cholni ochkolar hisobiga mag‘lub etdi.
Shuningdek, ayollar o‘rtasida -54 kg vazn toifasida ringga chiqqan Tursunoy Rahimova xitoylik Kian Shiga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)