Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Foto: “Zamin.uz”

Foto: “Zamin.uz”

Qaror bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2019-yilda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalariga qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.

Unga muvofiq, respublikada qariyb 172 ming gektar dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalariga sabzavotlar ekiladi hamda 3,5 million tonnadan ko‘proq sabzavot yetishtiriladi.

Shundan 23 ming gektar yerga piyoz, 18 ming gektarga sabzi ekiladi.

Jami 31,5 ming gektar yerdan 667 ming tonna poliz ekinlari, 47 ming gektardan 1 million tonnadan ko‘proq kartoshka, 26700 gektardan 80 ming tonna dukkakli ekinlar olish rejalashtirilgan.

Jami yetishtirilgan mahsulotlarning deyarli 5 million tonnasi ichki iste’mol uchun, 690 ming tonnasi eksportga yo‘naltiriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Foto: Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim
Sport
Eng tartibli himoyaga ega O‘zbekiston, 69 gol va yuzdan ortiq sariq kartochka. U-20 Osiyo Kubogi—2023 raqamlarda
Mahalliy
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yagona to‘lov tizimi yaratishni taklif qildi