Toshkent shahar hokimligi “Oqlon” mahallasida sodir bo‘lgan fojiadan zarar ko‘rgan oltita xonadon a’zolariga yordam ko‘rsatdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu xayrli tadbirda Toshkent shahar bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi Dilbar Ataboyeva va Yashnobod, Shayxontohur, Mirobod, Mirzo Ulug‘bek, Uchtepa, Yunusobod tumani otinoyilari ham ishtirok etgan. Unda fuqarolarga qariyb 6 million so‘mlik ijtimoiy va 3 million so‘mlik moddiy ko‘mak ko‘rsatildi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18-mart kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumani “Oqlon” mahallasi, Ko‘kcha darvoza tor ko‘chasida joylashgan uylarda yong‘in sodir bo‘lgan edi. Buning oqibatida ushbu hududdagi ko‘plab xonadonlar moddiy zarar ko‘rgan.
Izoh (0)