Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In 2019-yil 18—21-aprel kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Prezident Matbuot xizmati

Foto: Prezident Matbuot xizmati

Davlat rahbarlari O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi muloqotning davomi sifatida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va gumanitar sohalardagi amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qiladi, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadi.

Tashrif dasturida Prezident Mun Chje Inning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida nutq so‘zlashi, davlat rahbarlarining ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari biznes-forumida hamda Toshkent shahrida Koreya madaniyati va san’ati uyining ochilish marosimida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, Samarqand shahriga tashrif rejalashtirilgan.

Muzokaralar yakunida Qo‘shma deklaratsiya qabul qilinishi, salmoqli hukumatlararo va idoralararo hujjatlar to‘plami, shuningdek, savdo shartnomalari va investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha bitimlar imzolanishi kutilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda to‘yda yo‘qolib qolgan 4 yoshli bolaning jasadi quduq ichidan topildi
Retseptlar
Pechda pishirilgan qovoq: mazali retseptlarni tayyorlab ko‘ring
Dunyo
Shimoliy Koreya bir haftada to‘rtinchi marta ballistik raketalarni uchirdi