12-aprel kuni AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi korporatsiyalar, fondlar va banklar vakillarining Uoll-Strit bilan uchrashuvini o‘tkazdi, deya xabar beradi “Repost”.

Foto: “Repost”

Uchrashuvda GoldenTree Asset Management, Morgan Stanley Investment management, Eaton Vance Corp va shunga o‘xshash boshqa kompaniyalar vakillari ishtirok etgan.

Qayd etish joizki, mahalliy bozorni o‘rganish va keyingi moliyaviy sarmoyalarni o‘rganish uchun Uoll-Stritdan bir nechta investitsiya kompaniyalari vakillarini O‘zbekistonga tashrif buyurishga kelishib olingan.

Xorijiy sarmoyadorlar uchun maqbul shart-sharoit yaratish O‘zbekiston bilan xalqaro bank-moliya tizimidagi asosiy ishtirokchilar o‘rtasidagi muloqotda yangi davrni boshlab beradi.