• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12654.13
    • RUB161.18
    • EUR14817.99
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Davlat xizmatlari agentligi avtoraqamlar berishning soddalashtirilgan taklifi bilan chiqdi

    Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi avtoraqamlar berishning soddalashtirilgan va korrupsiyasiz mexanizmini taklif etmoqda. Hujjat loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi muhokamasi saytiga joylashtirildi. Bu haqda “Daryo”ga Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Spot

    Foto: Spot

    Taklif etilayotgan loyihaga ko‘ra, avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va avtoraqam berish xizmati tajriba tariqasida Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladi.

    Bunda, markazlar orqali quyidagi toifadagi avtotransport vositalari ro‘yxatdan o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda:

    • O‘zbekistonda ishlab chiqilgan va xorijdan keltirilgan yangi avtomototransport vositalari;
    • notarial oldi-sotdi shartnomasi asosida mulkdori o‘zgargan ikkilamchi avtotransport vositalari.
    Transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun fuqarolardan pasport va mulk huquqini e’tirof etish hujjati (avtosalonlardan beriladigan hisob-ma’lumotnoma, bojxona deklaratsiyasi yoki oldi-sotdi shartnomalaridan biri) taqdim etiladi. Xizmat ko‘rsatish vaqti 1 soatni tashkil etadi.

    “Loyiha aholini qiynayotgan asosiy ikki muammo – byurokratiya va korrupsiyani istisno etishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir”, – deyiladi hujjatda.

    Avtotransport vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda avtotransport vositalarini ko‘zdan kechirish, texnik ko‘rikdan o‘tkazish talab etilmaydi. Shunigdek, xorijdan keltirilgan yangi avtotransport vositalari haqidagi ma’lumotlar (deklaratsiya hujjatlari) ham bojxona organlari tomonidan elektron tizimga kiritilib boriladi, ularni tizim orqali tekshirish imkoniyati yaratilgan.

    Davlat xizmatlari markazlari avtotransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda maxsus elektron tizim orqali avtosalonlar tomonidan berilgan schyot–spravkalar hamda bojxona organlari tomonidan berilgan bojxona deklaratsiyasi ma’lumotlarga asoslangan holda avtotransport vositasini ko‘zdan kechirmasdan ro‘yxatdan o‘tkazadi.

    Ikkilamchi bozordagi avtotransport vositalari

    Ularni ham qayta rasmiylashtirishda– texnik yoki boshqa tarzdagi ko‘riklardan o‘tkazish talab etilmaydi. Eski avtotransportlar notariuslar tomonidan boshqa shaxs nomiga oldi-sotdi shartnomalari asosida o‘tkazilgunga qadar shundoq ham ichki ishlar organlari tomonidan agregatlar raqamlari ro‘yxatdan o‘tkazish raqamlariga muvofiqligi yuzasidan ko‘zdan kechiriladi. Notarius ichki ishlar organinining ushbu ma’lumotnomasiga asoslangan holda oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlaydi.

    Davlat xizmatlari markazlari ikkilamchi bozordagi avtotransportni–notarial shartnomani elektron tizimdan tekshirgan holda hech qanday ko‘rikdan o‘tkazmagan holda amalga oshiradi.

    Avtoraqamlar sotishda korrupsiyaga chek qo‘yish haqida

    Endilikda avtoraqamlar korrupsiyaning oldini olish maqsadida maxsus elektron tizim orqali inson omilining aralashuvisiz to‘liq avtomatik tarzda tanlash orqali taqdim etiladi. Har bir ro‘yxatdan o‘tkazilgan raqamlar Markaz binosidagi yirik interaktiv ekranda ochiq ko‘rinishda aks ettiriladi va real vaqt rejimida yangilanib boriladi.

    Xuddi shuningdek, auksion orqali beriladigan avtoraqamlar toifasiga kirmaydigan ayrim xaridorgir raqamlarni (jumladan, “ko‘zgu” shaklidagi, masalan 212, 313, 717 va hokazo) orttirilgan stavkada taqdim etish nazarda tutilmoqda. Bunda ham korrupsion xavfni nol darajagacha kamaytirish maqsadida ushbu toifadagi raqamlar ham qo‘shimcha to‘lov evaziga avtomatik tarzda elektron tizim orqali tanlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.

    Fuqaro xaridorgir raqam uchun eng kam oylik ish haqining 1 baravari miqdoridagi qo‘shimcha to‘lov amalga oshirsa, unga 1X1 – 9X9 toifadagi ko‘zgusimon raqamlardan (jami 72 ta) biri inson omilining aralashuvisiz elektron tizim orqali tanlab beriladi.

    13.04.2019, 16:02   Izoh (0)   27361
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda “Turkiya o‘zbekistonlik jurnalist va fotorassomlar nigohida” fotoko‘rgazmasi ochildi

    13.04.2019, 15:55

    O‘zbekistonda “Sog‘lom ozish kuni” ommaviy tadbirlari o‘tkazildi (foto)

    13.04.2019, 15:30

    Toshkentdagi hech kim yashamaydigan uy hovlisidagi quduqdan erkak kishining jasadi topildi

    13.04.2019, 14:50

    Farg‘onada hamkasbini pichoqlab o‘ldirgan IIB xodimi 12 yilga qamaldi (video)

    13.04.2019, 14:17

    G‘ijduvonda o‘g‘rini qaroqchi urdi

    13.04.2019, 14:01

    Qarshidagi reydda Spark haydovchisining og‘zi-burni qon bo‘ldi. Transport boshqarmasi haydovchi o‘ziga o‘zi jarohat yetkazganini ta’kidlamoqda

    13.04.2019, 13:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.