• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12502.99
    • RUB155.94
    • EUR14484.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qarshidagi reydda Spark haydovchisining og‘zi-burni qon bo‘ldi. Transport boshqarmasi haydovchi o‘ziga o‘zi jarohat yetkazganini ta’kidlamoqda

    Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahrida haydovchi va litsenziya xodimlari o‘rtasida yuz bergan voqea videosi paydo bo‘lgach, tez fursatlarda ko‘pchilik e’tiborini tortdi. Videoni tasvirga oluvchi fuqaro fikriga ko‘ra, voqeaning asosiy qahramonlari bo‘lmish litsenziya xodimlari Spark haydovchisini rosa do‘pposlagan. Og‘zi burnini qonga to‘ldirib, zo‘ravonlik qilishgan. Xodimlar ishi haqida fikr bildirgan fuqaro video yakunida “litsenziya xodimlari haydovchini urishga haqlimi” degan savolni o‘rtaga tashlaydi.

    Foto: Telegram

    Foto: Telegram

    Mazkur savolga javob izlagan “Daryo” muxbiri jamoatchilikka ma’lum bo‘lmagan holatlar haqida xabar topdi.

    Aniqlanishicha, Qarshi shahridan Shahrisabz, Kitob, Yakkabog‘ va Chiroqchi tumanlariga yo‘lovchi tashuvchi avtomobillar bekati “Qarshi” choyxonasidan Qarshi–Shahrisabz yo‘lining 3-kilometrida joylashgan yangi shohbekatga ko‘chirilgach, shu munosabat bilan 10-aprel kuni Qashqadaryo transport boshqarmasi xodimlari “reyd” o‘tkazgan. Faqat transport boshqarmasi xodimlarining o‘zi. Maqsad har doimgidek noqonuniy yo‘lovchi tashuvchi haydovchilarni aniqlab, tegishli tartibda chora ko‘rish hamda yo‘lovchi tashish qoidalarini tushuntirishdan iborat bo‘lgan.

    — Avtoshohbekat ko‘chirilishi munosabati bilan Qarshi–Shahrisabz yo‘lida “reyd” o‘tkazayotgan xodimlarimiz qora rangdagi davlat raqami 70 Z 995 MA bo‘lgan Spark haydovchisiga eski avtoturargohdan yo‘lovchi olish mumkin emasligini, shohbekat yangi manzilga ko‘chirilganini aytgan, — deydi voqea ustida bo‘lgan Qashqadaryo transport boshqarmasi boshlig‘i Ulug‘bek Ernazarov. – Biroq haydovchi shuncha ogohlantirilishiga qaramasdan o‘zboshimchalik bilan taqiqlangan hududdan yo‘lovchi oldi. Tabiiyki, tartibga bo‘ysunmagan Spark haydovchisi xodimlarimiz tomonidan to‘xtatilib, hujjat taqdim etishi so‘raldi. Bunga javoban esa haydovchi xodim ustiga mashina haydab, litsenziya xodimini mashina kapotida olib qochdi.

    Ulug‘bek Ernazarov “Daryo” muxbiri bilan suhbat davomida gapining isboti sifatida o‘sha voqea videosini ham taqdim etdi. Bizga taqdim etilgan videodan ma’lum bo‘lishicha, 4 nafar litsenziya xodimi tomonidan to‘xtatilgan Spark’ning oldi o‘rindig‘ida haqiqatdan ham yo‘lovchi borligi ko‘rinadi. Voqealar rivojiga ko‘ra, litsenziya xodimlari tomonidan hujjat so‘ralgach, haydovchi hujjat taqdim etish o‘rniga mashina oldida turgan xodimning ustiga mashina haydaydi. Va xodimni mashina kapotiga olgancha, harakatini davom ettiradi.

    Qashqadaryo viloyat YHXB matbuot xizmat rahbari Javlon Baxtiyev “Daryo” muxbirining “transport boshqarmasi xodimlari YPX xodimlarisiz “reyd” o‘tkazib, haydovchilardan hujjat so‘rashga haqlimi?” – degan savoliga bundayin “reyd”larda transport boshqarmasi xodimlari bilan birga Yo‘l patrul xizmati xodimlari ham bo‘lishi lozimligini bildirdi.

    — Xodimimizni kapotida olib qochgan Spark ortidan yetib olganimizdan keyin, haydovchi mashina ruliga boshini urib, “Meni urishyapti” deya baqira boshladi. Baqir-qachir hisobiga tez orada odamlar to‘plandi. Transport boshqarmasi xodimlari o‘sha kuni hech kimga qo‘l ko‘tarmadi, — dedi Ulug‘bek Ernazarov.

    Ulug‘bek Ernazarovning ma’lumot berishicha, litsenziya xodimini kapotida “sayr qildirgan” Spark haydovchisi qarshilik 1987-yil tug‘ilgan fuqaro S.O. bo‘lsa, “sayr qildirilgan” litsenziya xodimi Jo‘rabek Jo‘rayev bo‘lgan.

    Spark haydovchisi S.O. “Daryo” muxbiri bilan suhbat davomida transport boshqarmasi xodimlari unga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘lganligini, o‘zlarini tanishtirmaganini hamda ko‘pchilik bo‘lib unga kuch ishlatilganini aytmoqda.

    — O‘sha kuni ish yuzasidan Shahzod degan o‘rtog‘im bilan ketayotgan edim, — deydi S.O. – Keyin Shahzod do‘konga kirib chiqdi. Mashinani haydayotgan paytim litsenziya xodimlari kelishib, hujjat so‘rashdi. “Kimsiz, o‘zingizni tanishtiring”, dedim. O‘zlarini tanishtirishmadi. Shunda ulardan biri o‘dag‘aylab mashina kalitiga yopishdi. Keyin bular kim ekan deb qo‘rqqanimdan mashinani haydab ketdim. Haqiqatdan ham xodimlardan biri mashina kapotiga chiqib olgandi. Keyin 100 metr yurib to‘xtadim, ular ortimdan kelib ko‘pchilik bo‘lib urib tashlashdi. Keyin meni urgan xodimni davlat raqami 330 KAA bo‘lgan avtomobilda olib ketishdi.

    Qashqadaryo transport boshqarmasi boshlig‘ining so‘ziga ko‘ra, litsenziya xodimini kapotida olib qochib, unga tan jarohati yetishiga sabab bo‘lgan Spark haydovchisining xatti-harakati haqida o‘sha kuniyoq Qarshi shahar IIB va prokuraturaga ma’lum qilingan.

    — 10-aprel kuni fuqaro S.O.ning xatti-harakati haqida IIB va prokuraturaga ma’lum qildik, — deydi Ulug‘bek Ernazarov. – Ammo 12-aprel kuni haydovchining qavm-qarindoshlari kelib, S.O. yoshlik qilganini aytib, uzr so‘rashdi. Biz esa haydovchining o‘zi kechirim so‘rashi lozimligini aytdik.

    Ulug‘bek Ernazarovning aytishicha, agar fuqaro aybini tan olib kechirim so‘rasa, bu holat albatta tasvirga olinib, internetga joylashtiriladi. Ya’ni litsenziya xodimlari haq ekanligini isbotlash maqsadi-da. Demakki, tez orada ijtimoiy tarmoqlarda Spark haydovchisi aybini tan olgani haqidagi video ham chiqib ketsa, ajablanish kerak emas.

    Aniqlanishicha, o‘sha kungi voqeaga haddan ortiq odam ko‘p to‘plangani bois ham litsenziya xodimlari Spark haydovchisiga nisbatan hech qanday chora ko‘risholmagan.

    Mutasaddilar gapidan ma’lum bo‘lishicha, 1-maydan e’tiboran Qarshi shahridan Shahrisabz tuman va shahar, Kitob va Yakkabog‘ tumanlariga yo‘lovchi tashish uchun 10 ta avtobus qo‘yiladi. Qamashi tumani uchun esa 6 ta avtobus harakatlanishi rejalashtirilgan.

    — Chiroqchi tumaniga ayni kunda ham 6 ta avtobus qatnayapti, — deydi Ulug‘bek Ernazarov. — Bundan tashqari joriy yilning yoz oyida Qarshi shahrining markaziy ko‘chalarida yo‘lovchi tashish uchun 30 ta zamonaviy avtobuslar keltirilishi mo‘ljallangan.

    13.04.2019, 13:46   Izoh (0)   125888
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston bozoriga Finlyandiya kompaniyalari kirib kelmoqda

    13.04.2019, 13:30

    DXX Qashqadaryo va Farg‘onada giyohvand moddalar savdosiga qarshi tadbirlar o‘tkazdi

    13.04.2019, 12:50

    Buxorodagi Darvozai o‘g‘lon ko‘chasiga IIB 3 mashina shag‘al to‘kib berdi, ammo ko‘cha asfaltlanmay qoldi

    13.04.2019, 12:31

    O‘zbekistonda qishloq ayollari qachongacha o‘tin uchun ketmon chopadi?

    13.04.2019, 12:15

    Urgutlik fuqaro o‘z tog‘asini 86 ming dollarga tushirib ketdi

    13.04.2019, 11:15

    Ekologiya qo‘mitasining mas’ul lavozimlariga rahbarlar tayinlandi

    13.04.2019, 10:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sun’iy intellekt tahdid yoki moliyaviy rag‘batdan keyin batafsilroq javob berishi aniqlandi

    Dunyo | 7 avgust, 00:15

    Iyunda O‘zbekiston dunyo bo‘yicha eng ko‘p oltin xarid qildi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 23:59

    Efiopiyada birinchi marta odam savdogarlari o‘lim jazosiga hukm qilindi

    Dunyo | 6 avgust, 23:55

    Superliga. 6 ta gol kiritilgan bahsda “Dinamo” kambek amalga oshirib, “Mash’al”ni mag‘lub etdi

    Sport | 6 avgust, 23:51

    Xitoyda komadagi qiz universitetga qabul qilinganligi haqidagi xabarni eshitgach, o‘ziga keldi

    Dunyo | 6 avgust, 23:41

    Zelenskiy Tramp bilan tinchlik istiqbollarini muhokama qildi

    Dunyo | 6 avgust, 23:27

    Isroil bosh vaziri G‘azo sektoridagi operatsiya tufayli Bosh shtab rahbari bilan kelishmovchilikka bordi

    Dunyo | 6 avgust, 23:20

    Dunyo bo‘ylab plyajlar yo‘qolib ketish xavfi ostida — FT

    Dunyo | 6 avgust, 23:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.