12-aprel, juma kuni futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 29-turi uchrashuvlari boshlandi.
Turning ilk o‘yinida “Nyurnberg” klubi “Shalke-04” bilan durang o‘ynadi.
Bellashuvning 82-daqiqasida mezbon jamoa a’zosi Yuya Kubo hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 3 daqiqa o‘tib “Shalke-04” o‘yinchisi Matiya Nastasich hisobni tenglashtidi (1:1).
13-aprel, shanba kuni musobaqa jadvalida 2-pog‘onada borayotgan Dortmundning “Borussiya” klubi o‘z maydonida “Mayns”ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi. Eslatib o‘tamiz, dortmundliklar oxirgi turda “Bavariya” bilan kechgan bahsda yirik hisobda mag‘lubiyatga uchragandi (0:5).
14-aprel, yakshanba kuni Niko Kovach qo‘l ostidagi Myunxenning “Bavariya” klubi “Fortuna Dyusseldorf” maydoniga safar qiladi. Bellashuv soat 18:30 da start oladi. Ma’lumot uchun, myunxenliklar 64 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida yetakchilik qilmoqda.
28-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:
Bundesliga
29-tur bahslari
12-aprel, juma
“Nyurnberg”—“Shalke-04” 1:1
Gollar: 1:0 — 82 Yuya Kubo, 1:1 — 85 Matiya Nastasich13-aprel, shanba
“Hannover”—“Borussiya M” 18:30
“Leypsig”—“Volfsburg” 18:30
“Shtutgart”—“Bayer” 18:30
“Verder”—“Frayburg” 18:30
“Borussiya D”—“Mayns” 21:30
14-aprel, yakshanba“Hoffenhaym”—“Herta” 16:30
“Fortuna D”—“Bavariya” 18:30
“Ayntraxt”—“Augsburg” 21:00
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)