Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Uzbekistan Airways 16-aprel kuni Toshkent — Tbilisi yo‘nalishi bo‘ylab ilk reysni amalga oshiradi. Bu haqda Tbilisi xalqaro aeroporti matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar berdi Spot.

Foto: Spot

Foto: Spot

Reyslar haftasiga ikki marta — seshanba va yakshanba kunlari Airbus A320 aerobusida amalga oshiriladi.

Qayd etilishicha, ikki davlat o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar SSSR tarqab ketganidan so‘ng to‘xtagan. Hozirda parvozlar uchinchi mamlakatlar orqali bajarilmoqda va Toshkentdan Tbilisigacha bo‘lgan uchish vaqti 8 soatdan ko‘proqqa cho‘ziladi.

Ma’lumot uchun, joriy yil birinchi choragida O‘zbekistondan Gruziyaga safarlar soni rekord darajada ko‘payib, 4,5 mingtadan oshgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan deyarli uch baravar ko‘p.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda nogironligi bor bolaga murojaat qilinganidan qat’i nazar nafaqa tayinlanadi
Mahalliy
O‘zbekistonda jinsiy zo‘ravonlik uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda
Mahalliy
Amudaryoda yangi qurilayotgan temiryo‘l ko‘prigining bir qismi qulab tushdi