Siyosat aktyorlik bilan ko‘p jihatdan o‘xshash: ikkala sohada ham karyera ishontirish qobiliyatiga bog‘liq. Shuning uchun ham ko‘p mashhur aktyorlar siyosatga qiziqqach, muvaffaqiyatga erishgan, deya yozadi “RBC”.
Arnold Shvartsenegger
Eng mashhur bodibilder 22 yoshidan filmlarda suratga tusha boshlagan. 1982-yilda mashhur aktyorga aylangach, keyinchalik siyosatga qiziqqan. 2003—2011-yilllarda Kaliforniya shtatining gubernatori sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
Jon Gevin
Amerikalik aktyor Jon Gevin Stenford universitetida tahsil olgan, Koreyadagi urushda qatnashgan, bir necha tillarda gaplasha olgan. “Psixo” va “Spartak” filmlarida suratga tushgach, 1959-yilda eng yaxshi debyutant nominatsiyasida “Oltin globus” mukofotini olgan. Universitetda Lotin Amerika iqtisody tarixi mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgani unga davlat ishlarida qo‘l kelgan. 1981—1986-yillarda u AQShning Meksikadagi elchisi lavozimida ishlagan.
Ronald Reygan
2018-yilda sobiq Gollivud yulduzi AQShning eng yaxshi prezidenti deb e’tirof etilgan. Reygan karyerasini radioboshlovchi sifatida boshlagan. 26 yoshida ilk bor ekranlarda ko‘ringan. Oradan vaqt o‘tgach, u kinoaktyorlar gildiyasining vitse-prezidenti bo‘lgan. 1937—1965-yillarda 81 ta filmda suratga tushgan. 1967-yil Kaliforniya gubernatoriga aylangan. 1981—1989-yillarda AQSh prezidenti sifatida faoliyat ko‘rsatib, yangi iqtisodiy siyosatni joriy qilgan. Hozirda ushbu siyosat uning sharafini “reygonomika” nomi bilan yuritiladi.
Eva Peron
Argentinaning birinchi xonimi bo‘lishdan avval Eva Peron radioboshlovchi va aktrisa bo‘lgan. 1945-yil oktabrda aktrisa polkovnik Xuan Peronga turmushga chiqqan, 1946-yil fevralda esa birinchi xonimga aylangan.
Klint Istvud
Besh karra “Oskar” mukofoti sovrindori 1986—1988-yillarda Kaliforniya shtati Karmel shahrinign meri sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
Glenda Jekson
Ikki karra “Oskar” mukofoti sohibasi, ingliz aktrisasi Glenda Jekson siyosatga Margaret Tetcherning tanqidi sabab kirib kelgan. 1990-yilda Jekson Buyuk Britaniya temir yo‘l vaziri bo‘lgan, 1997-yilda esa hukumatga qo‘shilgan. U Iroqdagi janglarga hamda ta’lim uchun to‘lov narxining oshishiga qarshi chiqqan.
Amitabx Bachchan
Amitabx Bachchan 1973-yilda “Uzoq muddatli qasos” filmidan so‘ng mashhur bo‘lgan. Filmda u oddiy poltsiyachi bo‘ladi, oilasining qotillarini izlaydi, korrupsiya va jinoyatga qarshi kurashadi. Aynan shu obraz Bachchanni siyosatga olib kirgan. 1984-yilda aktyot parlamentga saylangan va bu lavozimda 3 yil xizmat qilgan.
Jessi Ventura
Jessi Ventura kinodagi karyerasini 1987-yilda “Yirtqich” blokbasteridagi roli bilan boshlagan. 1990-yilda maktabdagi o‘qituvchisining maslahati bilan Ventura Minnesotadagi Bruklin-Park shahri meri lavozimiga saylovlarda qatnashgan va g‘olib chiqqan. 1999—2003-yillarda Ventura Minnesota gubernatori bo‘lgan.
Mixail Yevdokimov
Aktyorga 1990-yillarning ikkinchi yarmida suratga tushgan filmlaridagi iqtiboslar mashhurlik keltirgan. 2004-yilda u Oltoy o‘lkasining gubernatori bo‘lgan. Lekin siyosiy karyerasi silliq kechmagan. Bir yil o‘tib, viloyat kengashi gubernatorga ishonsizlik bidirgan. 2005-yil avgustda Mixail Yevdokimov avtohalokatda halok bo‘lgan.
Kel Penn
Asli hind bo‘lgan amerikalik aktyor “Garold va Kumar uzoqqa ketadi” filmi hamda “24 soat”, “Doktor Xaus” seriallari bilan mashhur bo‘lgan. Uning siyosiy karyerasi 2009-yilda Barak Obamaning saylovoldi kampaniyasi vaqtida boshlangan. Obamaning ma’muriyatida u PR sohasini boshqargan, shuning uchun suratga olish ishlaridan voz kechishiga to‘g‘ri kelgan.
Izoh (0)