Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Farg‘ona viloyatida joriy yilning o‘tgan 3 oyi davomida ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoni o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlagan 50 kishi qamoqqa qaytarildi.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB

Foto: Farg‘ona viloyati IIB

Viloyat IIB matbuot xizmatining “Daryo” ga ma’lum qilishicha, probatsiya bo‘limi hisobida turgan, ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlangan va bu jazoni o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlagan 64 nafar mahkum aniqlandi. Ularning 50 nafari ozodlikdan mahrum etish jazosiga qaytarildi. 14 kishiga nisbatan boshqa jazo turlari qo‘llanildi.

Viloyatning Farg‘ona, Marg‘ilon, Quvasoy shaharlari hamda Quva, Toshloq, Yozyovon, Qo‘shtepa, Farg‘ona va Oltiariq tumanlarida 36 marta bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi. Natijada probatsiya bo‘limlari hisobida turuvchi 436 nafar jazo o‘tayotgan shaxs ishga joylashtirildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Mashina olib berishni vaʼda qilib, 248 kishini 12 mlrd so‘mga chuv tushirgan firibgarlarga hukm o‘qildi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi xonadonda iftorlik qildi (video)
Dunyo
Blinken AQSH fuqarolarini zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirdi