AQShning mashhur Photography Life ijodiy guruhi a’zolari 6—9-aprel kunlari Xorazm viloyatida tasvirga olish ishlarini olib bordi, bu haqda O‘zA xabar beradi.
Nosim Mansurov boshchiligidagi ushbu guruh mutaxassislari suratga olish uchun dunyoning turli nuqtalarida bo‘lib, har xil tasvirlar yaratadi. Ularning maqsadi National Geographic jurnalida vohaning sayyohlik salohiyatini namoyon qilish edi.
Ikki kunlik ijodiy safarda fotosuratchilar Xorazmning o‘ziga xosligini ko‘rsatib beruvchi kadrlarni izladi. Natijada xorazmcha non tayyorlash, o‘ymakorlik, gilamdo‘zlik bilan shug‘ullanuvchi hunarmandlarning ish jarayoni va oddiy aholi vakillarining samimiy nigohini fotokamera xotirasiga muhrladi.
Bundan tashqari, qadimiy va navqiron Xiva shahridagi “Nurillaboy saroyi”, “Ichan-Qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi obidalari ham tasvirga olindi.
Ma’lumot uchun: National Geographic jurnali — 1888-yilning oktabr oyida AQSh Milliy geografik jamiyati tomonidan tashkil etilgan. Bu jurnal bir necha mamlakatlarda va turli tillarda chop etib kelinmoqda.
Izoh (0)