10-aprelning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo” dayjestida.
11-apreldan Toshkent ko‘chalarida Yo‘l harakati qoidalariga rioya qilinishini patrul vertolyoti kuzatib boradi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 10-yanvar kuni Yunusobod tumanidagi 7-ichki ishlar bo‘limiga tashrifi chog‘ida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga zamonaviy vertolyotlar ajratish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi.
***
Niderlandiyalik olimlar ilk bor qora tuynukni suratga olishga muvaffaq bo‘ldi.
Ushbu qora tuynukkacha bo‘lgan masofa taxminan 50 million yorug‘lik yili yoki qariyb 500 trillion kilometrni tashkil etadi. Uni suratga olish uchun u turli qit’alarda joylashgan sakkizta teleskopning tarmog‘i kerak bo‘lgan.
***
Yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi Hukumat qarori (292-son, 09.04.2019-y.) qabul qilindi.
Unga ko‘ra, O‘zbekistonda kunduz kuni transport vositalari chiroqlarni yoqib harakatlanishi shartligi belgilandi.
Shuningdek, yangi yo‘l belgilari joriy qilindi.
***
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi GM Uzbekistan tumanga qarshi faralarni oxirigacha yetkazib bermaganligini fosh qildi.
Qo‘mita talabi bilan, avtomobil ishlab chiqaruvchi avval sotilgan 6 mingtadan ortiq avtomobillar komplektatsiyasidagi faralarni yetkazib bergan va iste’molchilarga 2,5 milliard so‘mdan ziyodni zararni qoplagan.
Ammo, GM Uzbekistan ma’lum qilishicha, avtomobillarning tumanga qarshi faralarsiz xaridorlarga yetkazilish holatlari mazkur butlovchi qismning yetkazib berilishida kechikish yuzaga kelganligi sababli xaridorlarni ogohlantirgan va ular bilan kelishilgan holda amalga oshirilgan. Avtomobillarni egalariga o‘z vaqtida yetkazib berish maqsadida kompaniya ularni vaqtincha tumanga qarshi faralarsiz, keyinchalik o‘rnatib berish sharti bilan qaror qabul qilgan.
***
Amnesty International O‘zbekistonning sobiq Bosh prokurori Rashidjon Qodirov uchun odil sudlovni talab qildi.
Amnesty International korrupsiyada ayblanib qamoqda saqlanayotgan O‘zbekiston sobiq Bosh prokurori Rashidjon Qodirovning sud ishida ochiqlikka va sudlarda mustaqil ekspertlar hamda xalqaro kuzatuvchilar ishtirokini ta’minlashga chaqirdi.
Izoh (0)